Jamoat transportida joriy qilgan yangi tariflar tufayli yoʻlovchilar 1,4 milliard soʻm tejab qoldi
Foto: Kursiv / Roman Fedotov
Yanvar oyida poytaxt aholisi jamoat transportidan virtual kartalardagi almashish tarifi orqali toʻlovlari amalga oshirib, 1,4 milliard soʻmni tejashga muvaffaq boʻldi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Bir oy davomida fuqarolar jamoat transportida ATTO transport kartalari orqali 7,1 million marotaba toʻlovlarni amalga oshirgan.
Ulardan 4,7 millioni avtobusda boʻlgan boʻlsa, qolgan 2,4 millionni metropolitenga toʻgʻri keladi.
Maʼlumot uchun, istalgan karta orqali toʻlov amalga ochirilsa, 1,7 ming soʻmni tashkil qiladi. Naqd pul koʻrinishida boʻlsa, 2 ming soʻm etib belgilangan.
Shuningdek, bir soat ichida bir avtobus yoʻnalishidan boshqasiga oʻtishgan ATTO karta egalari 700 soʻm toʻlaydi. Qolaversa, uchinchi va toʻrtinchi avtobus yoʻnalishlariga bir soat ichida oʻtilsa bepul boʻladi. Xuddi shunday tizim avtobusdan metroga, bir metro liniyasidan ikkinchisiga va metrodan avtobusga oʻtishda ham amal qiladi.