Yangiliklar

Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega boʻldi

Bu haqdagi hujjat hukumat tomonidan tasdiqlandi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda may oyidan boshidan xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish onlayn rejimga oʻtkaziladi. Bu haqda vazirlar mahkamasi qarori qabul qilindi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun hujjatlarni my.gov.uz sayti orqali yoki davlat xizmatlari markazlaridan rasmiylashtirish mumkin. Shu bilan birga, arizani koʻrib chiqish muddati oʻn kundan besh ish kunigacha qisqartiriladi.

Ariza beruvchi bazaviy hisoblash miqdorining 48 baravari 16,3 million soʻmni akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun davlat bojiga toʻlaydi.

Akkreditatsiya muddati uzaytirish imkoniyati bilan bir yildan uch yilgacha qilib belgilangan. Lekin bunda aviakompaniyalardan tashqari, boshqa vakolatxonalar tijorat faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega emas.

Avvalroq qishloq xoʻjaligi yerlarining onlayn-auksion orqali ijaraga berilishi haqida maʼlum qilgan edik.