Yangiliklar

O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv boshlanadi

Qaror davlat rahbari tomonidan imzolandi
Foto: UzA

O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga chaqiruv mart-aprel oylarida boshlanadi. Bu haqdagi qarorni respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari muddatli harbiy xizmatga fevral-mart oylarida chaqirilar edi.

2024-yil uchun dunyodagi eng kuchli qurolli kuchlar reytingida – PowerIndex’da mamlakatimiz 145 davlat orasida 65-o‘rinni egallab turibdi. Mudofaa byudjeti $796,4 millionga baholanmoqda.

PowerIndex maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning 31,3 million aholisidan 13,7 millioni harbiy xizmatga yaroqli.

Bugungi kunda respublikamiz qurolli kuchlari safiga 68 ming kishi jalb etilgan. 40 ming kishi quruqlikdagi kuchlarda, 15 ming kishi havo kuchlarida xizmat qiladi.

Avvalroq, «Kursiv» mamlakatimizda harbiy soha raqamlashtirilayotgani haqida yozgan edi.