O‘zbekistonda havo sovushi tufayli gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti o‘zgarishi mumkin

eʼlon qilindi
“Xududgazta’minot” xabariga ko‘ra
Foto: Unsplash

O‘zbekistonda 16-fevral kuni havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan O‘zbekistonda yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ish vaqti o‘zgarishi mumkin, deb xabar berdi «Xududgazta’minot» matbuot xizmati.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda o‘zgarishlar kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida «Xududgazta’minot» kompaniyasi respublikaning beshta viloyati va Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yarmisini faoliyatini cheklab qo‘ygan edi.

Avvalroq, «Kursiv» Nukusdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasi 4 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek