Uber taksi operatori aksiyalarni qayta sotib olish uchun $7 mlrd sarflaydi
AQShning taksi operatori Uber Technologies o‘z tarixida birinchi marta aksiyalarini qayta sotib oladi. Ular buning uchun $7 mlrd dollar sarflaydi, deyiladi press-relizda.
Kompaniyaning direktorlar kengashi qayta sotib olishga ruxsat berishdi.
«Aksiyalarni qayta sotib olish bo‘yicha birinchi dasturimizni amalga oshirish to‘g‘risidagi bugungi qaror kompaniyaning kuchli moliyaviy dinamikasidan dalolat beradi» — Relizda Uber Technologies moliya direktori Prashant Mahendra-Rajdan iqtibos keltirildi.
U kompaniya qayta sotib olishni «ehtiyotkorlik bilan» amalga oshirishini qo‘shimcha qildi.
Uber Technologies – Amerika Qo’shma Shtatlarida joylashgan texnologiya kompaniyasi. 2009-yilda tashkil etilgan. U premium-taksiga buyurtma berish xizmati sifatida ishlay boshlagan edi, ammo vaqt o‘tishi bilan u xizmatlar doirasini kengaytirdi.
Nyu-York fond birjasida sotuv amalga oshiradi.
Avvalroq, «Kursiv» milliarder Jeff Bezos bir hafta ichida Amazonning $4,1 mlrd aksiyalarini sotganini xabar qilgan edi.