Ziroat Mirziyoyeva FAO bosh direktori oʻrinbosari bilan uchrashuv oʻtkazdi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan loyiha va tashabbuslarni muhokama qilindi

Foto: «Zamin» fondi matbuot xizmati

«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO bosh direktori oʻrinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda xayriya fondi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda biologik xilma-xillikni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan loyiha va tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli isteʼmol qilish boʻyicha saʼy-harakatlarni faollashtirish va ekologik masʼuliyatli xulq-atvorni shakllantirish boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishdi.

Avvalroq FAO rahbarining maxsus vakili Daniel Gustafson Oʻzbekiston aholisi allaqachon iqlim oʻzgarishi oqibatlarini his qila boshlaganini haqida ma’lum qilgan edi.

Shuningdek