Andijon viloyati mahallalariga 850 mlrd soʻm kredit va qishloq xoʻjaligi, sanoat va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturiga 50 mlrd soʻmlik subsidiyalar ajratiladi, dedi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Viloyatda har yili 280 ming tonna paxta, 530 ming tonna g‘alla, 2,5 mln tonna meva-sabzavot yetishtiriladi.
Davlat rahbari uy-joy qurilishi mavzusiga ham to‘xtaldi. Asaka tumanida «Yangi O‘zbekiston» massivini tashkil etish, 68 ta uy-joy qurish rejalashtirilgan.
Urbanizatsiya dasturi Andijon, Asaka va Shahrixonda ham amalga oshiriladi. Mirziyoyev Andijonga ipoteka dasturi uchun yana $100 mln ajratilishini qoʻshimcha qildi.
Avvalroq, «Kursiv» xitoylik investorlar Andijon viloyatiga $1,7 mlrd sarmoya kiritganini e’lon qilgan edi.