Yangiliklar

Dollarning narxi 7 so‘mga arzonroq bo‘ldi

Uning qiymati 12 489,92 so‘mni tashkil qildi
Foto: Piqsels

16-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha qiymati 7,09 so‘mga pasaydi va 12 489,92 so‘mni tashkil qildi.

Bugun mamlakatning banklari AQSh valyutasini 12 430 – 12 455 so‘mdan xarid qilishmoqda va 12 495 – 12 550 so‘mdan sotishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevral kuni dollarning qiymati qariyb 11 so‘mga ko‘tarilgan edi.