Yangiliklar

Mirziyoyevga Andijondagi qozonxonalarni rekonstruksiya qilish rejalari haqida ma’lumot berishdi

Davlat rahbari obyektlardan birida bo‘ldi
Foto: Prezident matbuot-xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir kun avval Andijon shahridagi markaziy qozonxonada bo‘ldi. Yaqinda xorij krediti evaziga mazkur inshoot rekonstruksiya qilindi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Binoga uchta yangi qozon va transformator o‘rnatilib, 28 km issiqlik quvurlari, yuqori voltli elektr tarmog‘i tortildi. Rekonstruksiya yiliga 16 mln kub metr gaz va ikki mln kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasini tejash imkonini beradi.

2026-yilgacha Andijon shahridagi yana beshta qozonxonani ta’mirlash va 33 kilometr issiqlik tarmoqlarini qurishni rejalashtirgan. Shuningdek, 114 ta ko‘p xonadonli turar-joy binolarining isitish tizimlari modernizatsiya qilinadi.

Avvalroq,«Kursiv» davlat rahbarining Andijon viloyatiga tashrifi haqida e’lon qilgan edi. Shu tariqa Mirziyoyev 15-fevral kuni viloyatdagi bolalar bilan uchrashdi.