15-fevral kuni soat 19:00 Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) nimchorak finalida Navbahor o‘z maydonida Saudiya Arabistonining Al-Ittihod (Jidda) bilan gol urishmadi va hisob 0:0 bilan yakunlandi.
Navbahor klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jamoa va o‘yin haqida izoh berdi. Bosh murabbiy so‘zlariga ko‘ra, Asosiy muammo shundaki, jamoa hali yaxshi formada emas. Biroq, futbolchilar katta tashabbus va zich o‘yin ko‘rsatishdi. Ulardan ba‘zilari mashg‘ulotlarga bor-yo‘g‘i bir hafta oldin kirishgan, bu esa biroz pand berdi. Natijaga kelsak, ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynashdi, bu esa jamoani to‘psiz ko‘proq ishlashga majbur qildi. Jamoa ko’plab vaziyatlar yaratdi, ammo ularni yakunlashda muammolarga duch keldi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarilganini e‘lon qilgan edi. Terma jamoa Markaziy Osiyoda peshqadam bo‘lib turibdi, ortidan Tojikiston terma jamoasi joy olgan.