Poytaxt shahar raqamli rivojlanish boshqarmasi tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar asosida tuzilgan reytingda 158-son (Mirobod), 15-son (Olmazor) va 354-son (Yunusobod) maktablar yetakchilik qildi.
Birinchi o‘ntalikka 200, 283, 39, 312, 5, 297 va 82-maktablar ham kirgan.
158-maktab bolalar uchun qulayligi va xavfsizligi darajasi bo‘yicha, shuningdek ta’mirlash holati yaxshiligi tufayli peshqadam bo‘lib turibdi.
Bilimni xolis baholash va sinf jihozlari bo‘yicha 354-maktab oldinda.
Respondentlarning fikricha, shtat darajasi va o‘qituvchilarning malakasi umumiy reytingda 12-o‘rinni egallagan 25-maktabda eng yaxshi ko‘rsatkich.
Eng koʻp yuqori baholangan taʼlim muassasalari Uchtepa (10 ta) va Yunusobod (7 ta) tumanlariga toʻgʻri keldi. Tumandagi barcha maktablar bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ball ham Uchtepada – 86,5 ball. Keyingi o’rinlarda Yakkasaroy (85,7) va Mirobod (85,6) tumanlari bormoqda.
Antireyting yetakchilari 264, 340 va 348- maktablar egallagan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda maktab ta’limi sifatini oshirish uchun joriy yilda 46 trln so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilishini e’lon qilgan edi.