Qirgʻiziston Markaziy banki yangi dizayndagi banknotalarni muomalaga chiqardi

Foto: Qirgʻiziston respublikasi Milliy banki
«Qirgʻiziston Respublikasi Milliy banki toʻgʻrisida»gi konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq 2024-yil 15-fevraldan boshlab 20, 50 va 100 somlik banknotlarni muomalaga kiritdi.
Milliy valyutaning yangi seriyali banknotalar Qirgʻiziston tarixiy-madaniy merosini aks ettirishini koʻrish mumkin.

Foto: Qirgʻiziston respublikasi Milliy banki
Qirgʻizistonning yangi banknotlari qalbakilashtirishdan ishonchli himoyani taʼminlovchi zamonaviy xavfsizlik elementlarining uch darajali majmuasini oʻz ichiga olgan.
2023-yilda 200, 500 va 1000 soʻmlik yangi dizayndagi banknotalar muomalaga chiqarilgan edi. Eng yirik — 2000 va 5000 soʻmlik banknotalarning yangi dizayni hozircha eʼlon qilinmadi.
Maʼlumot uchun, ayni paytda Qirgʻizistonda 1 AQSh dollarining kursi 90 qirgʻiz somiga toʻgʻri keladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 8 barobarga oshgani haqida yozgan edi.