Yangiliklar

Rossiya fuqarolari Rossiya prezidenti saylovida Toshkent va Samarqandda ovoz berishlari mumkin bo‘ladi

Bu haqda Rossiya elchixonasi xabar berdi
Foto: Tolikoff/Depositphotos

O‘zbekistonda yashovchi Rossiya fuqarolari 17-mart kuni mamlakatimizning ikki shahrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi, deb xabar berdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Rossiyaning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasida birinchi saylov uchastkasi ochiladi. Elchixona Nukus ko‘chasi, 83-uyda joylashgan.

Rossiyaliklar Samarqand shahridagi Usmon Yusupov ko‘chasi, 5-uyda joylashgan «Meros Boutique» mehmonxonasida ham ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiyada prezidentlik saylovlari 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Rossiya Markaziy saylov komissiyasi to‘rt nafar nomzodni ro‘yxatga oldi. Saylov poygasida Rossiya Federatsiyasining (RF) amaldagi rahbari Vladimir Putin, «Yangi odamlar» (Новые люди) partiyasidan Vladislav Davankov, Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan Leonid Slutskiy va RF Kommunistik partiyasidan Nikolay Xaritonov ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, asli toshkentlik Boris Nadejdinni RF prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan edi.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistondan kuzatuvchilar Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.