Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning xorijda ishlashiga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Germaniya, Kanada, Koreya va boshqa mamlakatlarda ishchilarga ehtiyoj bor
Foto: davlat rahbari matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston fuqarolarining xorijda ishlashiga nima to‘sqinlik qilayotgani haqida gapirdi.

Hududni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda davlat rahbari hozirda Germaniya, Kanada, Koreya, Yaponiya kabi davlatlarda ishchi kuchiga ehtiyoj borligini ta’kidladi. Asosiy talab – tilni bilish. Vaholanki, Andijon viloyatida atigi 1,5 ming kishi chet tilini biladi.

«Shu munosabat bilan xorijdagi ish beruvchilar talabi asosida 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga o‘qitish, 1 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi», — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari chet tili boʻyicha sertifikat olgan yoshlarga taʼlim narxining 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya toʻlash, B-2 sertifikatini (nemis va frantsuz tillari uchun) olgan har bir talaba uchun xususiy oʻquv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish boʻyicha topshiriq berdi.

Avvalroq «Kursiv» prezident mehnat muhojirligidan qaytgan toʻqimachilar bilan gaplashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek