«Yandeks Karta» ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda yog‘gan qor tufayli poytaxt yo‘llarida o‘n balllik tirbandliklar qayd etilgan.
Avariyalar Xonobodtepa shoh ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li uchastkalaridan birida ham sodir bo‘lgan.
“Abu Saxiy» bozori yaqinida, «Novza» metro bekati yaqinidagi chorrahada, Shahrisabz ko‘chasi, Olmazor ko‘chasi va boshqa ko‘chalarda uzun tirbandliklar qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda sovuq havo yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan gaz quyish shoxobchalarining ish vaqti o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» 2024-yilda poytaxtda to‘rtta ko‘p qavatli avtoturargoh barpo etilishini yozgan edi.