Toshkent shahri hokimligi hisobida qanday avtomashinalar mavjud?

eʼlon qilindi
Avtopark oxirgi marta 2021-yilda yangilangan
Foto: Tino Rossini / Flickr

Toshkent shahar hokimligining byudjet hisobidagi avtotransport parki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangiladi. Unga koʻra, uchta Mercedes, bittadan Cadillac va Captiva, Toyota Land Cruizer Prado, yettita Malibu va mikroavtobus borligini koʻrish mumkin.

Avtopark oxirgi marta 2021-yil dekabr oyida yangilanganligini koʻrish mumkin. Eng eski avtomobil — 1996-yilda ishlab chiqarilgan MB312 mikroavtobusi hisoblanadi.

Eng yangi avtoulovlar — Mercedes Benz S500 Hybrid va Malibu-2 MALBDB2TL(LTZ)UVB hisoblanadi. Ularning Ikkilasi ham 2021-yilda ishlab chiqarilgan.

Avtotransportlarning umumiy qiymati 5,2 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

Shuningdek