Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlari qanday o‘zgardi

eʼlon qilindi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlili bo‘yicha
Foto: Kursiv / Zohid Qurbonov

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

Tahlil natijalari bo‘yicha, 2024-yil boshida Toshkent shahrida 2023-yil dekabriga nisbatan o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlarni ijaraga berish narxlari 0,2 foizga pasaygan, to‘liq ta’mirlangan xonadonlarniijaraga berish narxlari esa 0,5 foizga oshgan.

Dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha ta’mirlangan 1-xonali xonadonlarni o‘rtacha ijarasi 1,2 foizga, $395 tashkil etgan bo‘lsa, 2-xonali kvartiralarning o‘rtacha ijarasi 0,2 foizga tushib, $442 tashkil qildi. Shu bilan birga, ushbu toifadagi 3-xonali uylar ijarasi 0,1 foizga oshib $516, 4-xonali uylar uchun esa 0,4 foizga oshib, $597 tashkil qildi.

To‘liq ta’mirlangan uylar ijarasi ham o‘sgan, 1 xonali uylar uchun – 0,16 foizga ko‘tarilib $477 , 2 xonali uylar esa 0,2 foizga oshib $654 va 3-xonali uylar 1 foizga balandlashib $791 va 4-xonali uylar 0,6 foizga oshib, $915 yetdi.

Avvalroq, «Kursiv» 2023-yil uchun O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozori tahlilini xabar qilgan edi.

Shuningdek