Yaponiyaning Nikkei fond indeksi 34 yillik rekordni yangiladi

eʼlon qilindi
Aksiyalar koʻtarildi

Foto: Unsplash

Yaponiyaning asosiy fond indekslaridan biri — Nikkei ertalabki savdolardan soʻng mamlakatda 1980-yillar oxirida iqtisodiyot oʻsish davrida oʻrnatilgan avvalgi rekordni yangiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Nikkei 225 indeksi 1,6 foizga oshib, 38 769,64 ga koʻtarildi va 34 yil oldin oʻrnatilgan rekordni yangiladi. Oxirgi 12 oy ichida bu koʻrsatkich 14 foizga oshgan.

Nikkei uchun barcha davrlardagi rekord — 38 957,44 ni tashkil qiladi.

Indeksdagi eng katta oʻsish Advantest Corp (4,9 foiz), Tokyo Electron Ltd (4,74 foiz) va Resonac Holdings Corp (4,32 foiz) kuzatilganini koʻrish mumkin.

AQSh kompaniyalari uchun savdo yaxshi yopilgani Yaponiya fond bozoriga Amerika birjalaridagi ijobiy tendensiyalar taʼsir koʻrsatdi.

Maʼlumot uchun, Nikkei 225 indeksi Tokio fond birjasida savdo qiluvchi 225 ta yirik kompaniyalarning oʻrtacha koʻrsatkichi hisoblanadi. Birinchi marta 1950-yilda chiqarilgan va Yaponiya iqtisodiyotining umumiy holati sifatida qaralgan.

«Kursiv» avvalroq Yaponiya yalpi ichki mahsuloti 2023-yilning toʻrtinchi choragida 0,4 foizga kamayganligi haqida maʼlum qilgan edi.

Shuningdek