Andijon viloyatida “Ipak yo‘li” EIZ ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Bu haqda davlat rahbari qaror imzoladi
Foto: Unsplash

Andijon viloyatida «Ipak yoʻli» erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) ishga tushadi. Uni tashkil etish uchun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra, 218,18 gektar yer maydoni ajratiladi.

«Ipak yo‘li» mahalliy va xorijiy sarmoyalarni jalb etish, shuningdek, xorijda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratadi.

Kelgusi yil oxirigacha EIZga 3 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb etilishi kerak, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik hajmi 20,1 trillion so‘mdan ortiq bo‘lishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, EIZga yiliga 580,7 million dollarlik mahsulotlarni xorijga yetkazib berish vazifasi ham qo‘yilgan. «Ipak yo‘li»dan soliq tushumlari hisobidan davlat byudjeti har yili 1,2 trillion so‘mga to‘ldirilishi kutilmoqda.

Avvalroq, Kursiv Urgut iqtisodiy zonasi maydoni 40 gektarga ko‘paytirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek