Silk Avia to’rtinchi samolyotni qabul qildi

eʼlon qilindi
ATR 72-600 samolyoti ishlab chiqaruvchisidan
Foto: Uzbekistan Airports

Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi 16-fevral kuni to‘rtinchi ATR 72-600 samolyotini qabul qilib oldi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Yangi samolyot poytaxt aeroportida suv archasi bilan kutib olindi. Samolyot Toshkentga Tuluzadagi (Fransiya) ATR zavodidan kelgan.

«Yaqin kunlarda samolyot aviakompaniya maxsus livreyasiga bo’yalgach muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi», — deyiladi xabarda.

Silk Avia aviatashuvchisi Transport vazirligi tashabbusi bilan Uzbekistan Airports tomonidan yaratilgan. Oktyabr oyida aviakompaniyani «Uzbekistan Helicopters»ga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

Avvalroq, Kursiv Silk Avia Toshkentdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ygani haqida yozgan edi.

Shuningdek