Tashkent Indexda 30 dan ortiq avtomobil qulagan tom ostida qolib ketdi

eʼlon qilindi
Oltita mashina shikastlangan
Foto: Tashkent Index

16-fevral, juma kuni «Tashkent Index» biznes-parki hududida qor yog‘ishi sababli ostidagi 35 ta avtomobil bo‘lgan tom qulab tushdi, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.

Shu bilan birga, oltita avtomobil shikastlangan, deya ta’kidladi Tashkent Index.

«Ayni vaqtda avtotransport vositalarining egalari bilan kelishilgan holda, yetkazilgan moddiy zararni qisqa fursatlarda qoplab berish chorasi ko‘rilmoqda.», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni poytaxtda kuchli qor yog‘di. Yo‘llarni tozalashga 150 dan ortiq maxsus texnika va 700 nafar ishchi jalb etilgan.

Shuningdek, boshqaruv xizmati korxonalarining 1 ming nafardan ortiq xodimlari va jamoatchilik faollari ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni qordan tozalashdi.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistondagi ikkita aeroportda yettita reysning jo‘nab ketishi kechiktirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek