Yangiliklar

TBC Bank Uzbekistan 2023 yilni foyda bilan yakunladi

Moliyaviy muassasaning kredit portfeli ikki barobarga oshdi
Foto: TBC Bank Uzbekistan

TBC Bank Uzbekistan 2023 yilni 5,4 million dollar sof foyda bilan yakunladi, deb xabar qildi moliya tashkiloti matbuot xizmati.

Bankning kredit portfeli 301,7 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir. Shu bilan birga, mijozlar mablag’lari portfeli 219 million dollarga yetdi.

Shuningdek, «TBC Bank Uzbekistan» 50,5 million dollarlik kapital qo‘yish rekordini qayd etdi va bank faoliyatining uch yilida kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmi 129,9 million dollarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, TBC Bank Uzbekistan mamlakatimiz bozorida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2021 yilda moliya tashkilotining kapitaliga Xalqaro moliya korporatsiyasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kirdi.

Avvalroq, Kursiv o‘tgan yilning sentabr o‘rtalarida Nika Kurdiani TBC Bank Group’ning O‘zbekiston bo‘yicha ijrochi direktori bo‘lgani haqida yozgan edi.