Turar joy va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,6 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Ko‘rsatkichlar 18,3 trillion so‘mga yetdi
2023-yilda turar joy va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,6 foizga o‘sdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Statistika agentligi.
Bu ko‘rsatkichlar 18,3 trillion so‘mdan oshdi. Ko‘rsatkichlarning eng yuqori o‘sish sur’ati Samarqand viloyatida (30 foiz) qayd etildi.
Eng kam o’sish hajmi Navoiy viloyatida – 2,2 foizni tashkil etdi.
Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasi deyarli 14 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.