Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar, fond bozoridagi ommabop aksiyalar, Zara do‘koni ochilishi, bitkoinning ko‘tarilishi, Navalniy o‘limi va yoqilg’i quyish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar: haftaning dolzarb yangiliklari

eʼlon qilindi
Foto: Kursiv

BMT O‘zbekistondagi qushlar uchun asosiy tahdidlardan biri haqida gapirdi

Markaziy Osiyoda har yili o‘n minglab yirtqich qushlar elektr simlari bilan to‘qnashuv natijasida nobud bo‘lishadi. Energiya ta’minoti obyektlarini modernizatsiya qilish bu muammoni hal qilishi mumkin, dedi «Kursiv»ga BMT Atrof-muhit dasturi vakili Umberto Gallo-Orsi.

O‘zR’da fermerlarga imtiyozli kredit berish tizimi joriy etiladi

Foto: mylasa / depositphotos.com

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligi mavzusi bo‘yicha yigʻilishda g‘allaga imtiyozli kreditni fermerlarga berish tizimi joriy qilinishini aytib otdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

O‘zbekiston fond bozorida eng ommabop aksiyalar arzonlashdi

Foto: depositphotos.com

O‘tgan hafta O‘zbekiston fond bozori uchun bir qator kompaniyalarning delistingi, Hamkorbank aksiyalari savdosining to‘xtatilishi va UCI indeksining 0,8 foizga ortga qaytarilishi bilan yodda qoldi. Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning narxi qanday o’zgarganini «Kursiv» maqolasida o’qing.

O’zbekistonliklar nechta mashinaga ega

Foto: depositphotos.com

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil boshiga qadar Oʻzbekistonda fuqarolarga tegishli 4 mlndan ortiq avtomobil roʻyxatga olingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan (3,64 mln mashina) 10,5 foizga ko‘p.

Toshkentda birinchi Zara do‘konining ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi

Foto: moslenta

Toshkentda birinchi Zara do‘koni 29-fevral kuni ochilishi mumkin. Bu haqda brendning rasmiy saytida xabar berilgan.

Bitkoin narxi uch yil oldingi rekordga qaytdi

Foto: KostyaKlimenko/Depositphotos

12-fevralda bitkoin narxi $50 mingdan oshdi. Bu 2021-yil oxiridan beri rekord ko‘rsatkichdir, deb xabar berdi RBC.

O‘zbekistonda baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi

Foto: Unsplash

O‘zbekiston hukumati tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqladi. Urchish davrida baliq ovlash taqiqlanadi, deb xabar qildi mamlakat Adliya vazirligi.

Fransiya Livan va Isroil o‘rtasidagi mojaroni hal qilish rejasini taklif qildi

Foto: depositphotos.com

Fransiya rasmiy Bayrutga Livan-Isroil chegarasidagi mojaroni hal qilish rejasini yubordi. «Hizbulloh» guruhiga mamlakatning o‘n km ichkarisiga chekinishni so‘rashdi, deya xabar beradi Reuters.

HeadHunter: O‘zbekistondagi ish beruvchilar tajribasiz xodimlarga qiziqish bildirishmoqda

Foto: depositphotos.com

Oʻzbekistonda ish beruvchilarning ish tajribasiga ega boʻlmagan xodimlarga boʻlgan ehtiyoji tendentsiyasi saqlanib qoladi, deb xabar qildi HeadHunter matbuot xizmati «Kursiv»ga.

OpenAI bosh direktori SI xalqaro regulyatorini yaratishga chaqiradi

Foto: AP Photo

Hukumatlar SI sohasini tartibga soluvchi va undan xavfsiz foydalanish choralarini ishlab chiqadigan Xalqaro atom energiyasi agentligiga o‘xshash tashkilot yaratishi kerak, deydi OpenAI asoschisi va bosh direktori Sem Altman. Bu haqda u Dubaydagi Jahon hukumati sammitida aytdi.

Yunusoboddagi maktab hududidan o‘quvchining jasadi topildi

Foto: Norma.uz

10-fevral kuni poytaxtning Yunusobod tumanidagi 259-maktab hududidan o‘n yoshli bolaning jasadi topildi, deb xabar berdi «Milliy» telekanali.

FAO: O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlarini allaqachon his qilmoqda

Foto: Kursiv

Oʻzbekiston aholisi iqlim oʻzgarishi oqibatlarini his qila boshladi, dedi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktorining maxsus vakili Daniel Gustafson «Kursiv» nashriga bergan intervyusida.

Rossotrudnichestvo: Qudratxo‘jayev – «yakkamohov» va ota-onasi uni yomon tarbiyalashgan

«Rossotrudnichestvo» O‘zbekiston Milliy OAV assotsiatsiyasi va Maktabgacha ta’lim vazirligi Jamoatchilik kengashi bilan o‘zaro hamkorlikni to‘xtatadi, deb ma’lum qildi Rossiya tashkiloti rahbari Yevgeniy Primakov «TASS» nashriga. Sababi, ushbu tuzilmalar rahbari Sherzod Qudratxo‘janing «rusofobik» bayonotlari, deya izoh berdi agentlikda.

Sanksiya qo‘llanilgan shaxslarga O‘zbekiston banklarida hisobvaraq ochish taqiqlanishi mumkin

Foto: lightsource/Depositphotos

Iqtisodiy sanksiyalar qo‘llanilgan shaxslarga O‘zbekiston banklarida hisobvaraq ochish taqiqlanishi mumkin. Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyati cheklandi

Foto: Unsplash

O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi. Bunga ob-havoning sovuqligi sabab boʻldi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

Foto: O‘FA

FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi, unga ko‘ra O’zbekiston 2 pog‘onaga ko‘tarilib, 66-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekistonda avtomobil savdosi asosan ikkilamchi bozor hisobiga o‘sib bormoqda

Foto: depositphotos.com

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida 144,5 ming dona avtomobil sotilgan, bu oʻtgan oyga nisbatan 8 foizga koʻpdir. O‘tgan yilning yanvar oyi bilan taqqoslaganda 14 foizga o’sish kuzatilmoqda.

Birjada «yashil» sertifikatlar savdosi boshlandi

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi «yashil energiya» sertifikatlari savdosini yo‘lga qo‘ydi. Sotuvchi «O‘zbekgidroenergo» AJ hisoblanadi.

Toshkentda palov uchun asosiy  masalliqlar narxi ko‘tarildi

Foto: Piqsels.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, poytaxtning 13 ta bozorida guruch, piyoz va sabzi oʻrtacha narxlari 2023-yilda eng yuqori oʻsishni koʻrsatdi. Guruch – 70,1 foizga, piyoz – 35,7 foizga, sabzi – 28 foizga qimmatlashdi.

Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy vafot etdi

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etdi, deb yozadi Federal jazoni ijro etish xizmati Yamalo-Nenets avtonom okrugi bo‘yicha boshqarmasi.

Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlari qanday o‘zgardi

Foto: Kursiv / Zohid Qurbonov

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

Turar joy va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,6 foizga oshdi

Foto: Piqsels

2023-yilda turar joy va ovqatlanish xizmatlari hajmi 12,6 foizga o‘sdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Statistika agentligi.

Shuningdek