Yangiliklar

Bu hafta investorlarni qanday voqealar kutmoqda

Hafta davomida butun dunyo boʻylab investorlarning eʼtibori AQSh Federal ochiq bozor qoʻmitasi yigʻilishi bayonnomalariga qaratiladi
Foto: Unsplash

Hafta davomida butun dunyo boʻylab investorlarning eʼtibori AQSh Federal ochiq bozor qoʻmitasi (FOMC) yigʻilishi bayonnomalariga qaratiladi. Ular Federal rezerv qachon foiz stavkalarini pasaytirishini aytishi mumkin. Bu haqda Trading Economics xabar bermoqda.

Bundan tashqari, Amerikaning S&P Global xoldingi fevral oyida AQSh, Yevropa, Yaponiya va Hindistondagi iqtisodiy faollikni baholaydi. Koʻrsatkichlar ishlab chiqarish va xizmatlar rivojlanishi surʼatlarining sekinlashuvini koʻrsatishi kutilmoqda. Shuningdek, investorlar NVIDIA, Walmart, Moderna va boshqa bir qator kompaniyalarning choraklik natijalari toʻgʻrisidagi faoliyatini hisobga oladi.

Yevropa Ittifoqi mintaqasida treyderlar uchun eng muhim voqea pul-kredit siyosati masalalari boʻyicha Yevropa Markaziy banki yigʻilishi bayonnomasining nashr etilishi boʻladi.

Hafta oxirigacha Turkiya Markaziy banki bazaviy foiz stavkasi boʻyicha qarorini eʼlon qilishi kerak. Hozirgi darajadagi koʻrsatkichlar qolishi kutilmoqda.

Xitoyda investorlar mahalliy Yangi yil bayramlari isteʼmolchilar kayfiyatiga qanday taʼsir qilganini aniqlash uchun moliya va tovar bozorlarining qayta ochilishini kutmoqda. Mamlakat Xalq banki yaqin kunlarda asosiy foiz stavkasini oʻzgarishsiz saqlab qolishi kutilyapti.

Yaponiyada fevral oyi uchun PMI va Reuters Tankan indekslarini, shuningdek, yanvar oyidagi savdo balansi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilinishini kutmoqda.

Avvalroq Yaponiyaning Nikkei fond indeksi 34 yillik rekordni yangilagani haqda xabar bergan edik.