BYD “lyuks” toifadagi avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi

eʼlon qilindi
2024-yildan
2024-yildan
Foto: Unsplash

Xitoyning BYD avtokonserni 2024-yildan boshlab «lyuks» toifadagi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida, deb xabar berdi Reuters.

Bu haqda kompaniya Gonkong fond birjasiga bayonot berdi. Unda «lyuks» avtomobillar ishlab chiqarish rejalari va «ish sifati va daromadni» yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan. Barcha tadbirlar joriy yil uchun rejalashtirilgan.

BYD Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biridir. Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona 1995-yilda tashkil etilgan va hozirda AQSh, Yevropa, Yaponiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Elektromobillar bozorida yirik o‘yinchi hisoblanadi.

Avvalroq, «Kursiv» BYD aksiyalari yanvar oyi oxirida mamlakatdagi narxlar urushi sharoitida kompaniyaning kutilganidan past daromad olgani sababli keskin tushib ketgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek