CloudPayments O‘zbekistonni bahorda tark etadi
eʼlon qilindi
Bozorda ikki yil ishlagandan so‘ng
O‘zRda 18-martdan boshlab CloudPayments onlayn xizmatlar uchun to‘lov tizimi o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Kompaniya veb-saytida aytilishicha, kompaniyaning ketishi «bozor sharoitining o‘zgarishi» bilan bog‘liq.
Rossiyaning CloudPayments kompaniyasi 2014-yilda tashkil etilgan. Uning yechimlari onlayn-do‘konlar va xizmatlar uchun Internet-ekvayringni ulash, shuningdek, ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali to‘lovlarni qabul qilishni joriy qilish imkonini beradi.
2017-yilda Tinkoff kompaniya aksiyalarining 55 foizini sotib oldi va 2022-yilda O‘zR’da CloudPayments savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Avvalroq, «Click» toʻlov tizimi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi haqida xabar berilgan edi.