Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi

eʼlon qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga birja savdolariga qoʻyilayotgan dizel yonilgʻisi narxini pasaytirish boʻyicha topshiriqlar berilgan edi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda dizel yonilgʻisi narxi 15 foizga arzonlashtirildi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni «Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatiga birja savdolariga qoʻyilayotgan dizel yonilgʻisi narxini pasaytirish boʻyicha topshiriqlar berilgan edi.

Buxoro zavodida sintetik dizel yonilgʻisi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilgʻisining narxlari EKO dizel yonilgʻisi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi.

«Oʻzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbari Bahodir Sidiqov «Oʻzbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida bu turdagi yonilgʻidan fermerlar keng foydalanishini haqida aytgan edi.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekiston korxonalarida 1 million tonnadan ortiq dizel yonilgʻisi ishlab chiqarilgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 1,3 barobar koʻpdir. Benzin ishlab chiqarish 1,2 million tonnadan 1,3 million tonnagacha oshdi.

Avvalroq «Kursiv» UzAuto Chevrolet Tracker va Onix avtomobillari uchun benzin talabini pasaytirgani haqda yozgan edi.

Shuningdek