Oʻzbekistonda energiya tarmogʻidagi taqchillik tufayli elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Vazirlikning maʼlumotlariga koʻra, 18-fevral kuni respublika elektr stansiyalarida 231,4 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Turkmaniston respublikasidan ham 21,6 million kVt/soat import qilingan.
Shunga qaramay, 19-fevralda elektr energiyasi taqchilligi 6,4 million kVt/soatga yetdi, shu sababli isteʼmolchilarga elektr energiyasini tigʻiz vaqtda 400 MVtgacha cheklash toʻgʻrisida talablar joriy qilindi.
Avvalroq «Kursiv» 2024-yil yanvarida Oʻzbekistonda qariyb 100 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasi oʻgʻirlangani haqida xabar bergan edi.