O‘FA hisobchisi $350 ming talon-toroj qilib O‘zbekistondan qochib ketdi
eʼlon qilindi
Championat Asia ma’lumotlariga ko‘ra
Championat Asia ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) hisobchisi $350 ming o‘zlashtirib Turkiyaga uchib ketgan.
Hodisa o‘tgan hafta sodir bo‘lgan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘FA matbuot xizmati voqea haqida hech qanday izoh bermadi.
Keyinroq O‘FA quyidagi xabarni e’lon qildi: «OʻFA tomonidan holat yuzasidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. OAV vakillaridan tekshirilmagan va hali tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz. Oʻrganish ishlari yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilgach, natijasi boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi».
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga jarima solinishi mumkinligi haqida e’lon qilgan edi.