Investitsiyalar

O‘zbekiston fond bozori fevral oyining birinchi yarmini qanday yakunladi

"Kursiv" haftalik sharh tayyorladi
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston fond bozori o‘tgan haftani UCI indeksining 1,14 foizga tushishi bilan yakunladi. Hamkorbank aksiyalari savdosi qayta tiklandi va darhol o’sishni ko’rsatdi, biroq barcha emitentlar investorlarni mamnun qilmadi. Yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning kotirovkalari qanday o’zgarganini «Kursiv» maqolasida o’qing.

15-fevral kuni Hamkorbank aksiyalarini oldi-sotdisi qayta tiklandi. «Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) kapitallashuv munosabati bilan 8-fevraldan boshlab qimmatli qog‘ozlar savdosi amalga oshirilmadi. Har bir qimmatli qog’oz egasi ushlab turgan har bir aksiya uchun qo’shimcha bitta aksiya oldi. Qimmatli qog’ozlar sonining ko’payishi munosabati bilan birja savdolar qayta tiklanganidan so’ng ularning kotirovka narxini o’zgartirdi. Bitta oddiyi 30,5 so‘mdan, imtiyozlisi esa 29,4 so‘mdan sotila boshladi. Haftaning so‘nggi savdo kunidagi yopilish narxi mos ravishda 31,9 va 30 so‘mga ko‘tarildi.

Moliya sohasida Biznesni rivojlantirish bankining imtiyozli aksiyalari sezilarli o’sishni ko’rsatdi (+21,11%). O’sib borayotgan aksiyalar soniga «O’zbekinvest» qimmatli qog’ozlari ham kirdi (+10,21%).

O‘tgan haftada O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (-1,19 foiz) va «O‘zmetkombinat»ning (-2,43 foiz) oddiy aksiyalari hamda «O‘zbekneftgaz» (-5 foiz) imtiyozli aksiyalari qizil zonadan joy oldi. Ulardan tashqari yana 10 ta yuqori likvidli qimmatli qog’ozlar salbiy ko’rsatkichga erishdi.

Hafta davomida RFBda jami 62,5 milliard so‘mlik deyarli 11,5 ming bitim amalga oshirildi. Operatsiyalar soni 18 foizga, hajmi esa 12 barobarga oshdi.

Avvalroq «Kursiv» RFB yana ikki kompaniyani qog‘oz kotirovkalari varaqasidan chiqarib tashlaganini yozgan edi. Emitentlar ixtiyoriy ravishda savdo maydonchasini tark etishga qaror qilishdi.