Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.R. va boshqalar qonunga xilof ravishda mayning faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Holat tumandagi «Nurobod» MFY hududidagi xonadonda 2 ta toʻplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib, davlatga 685,9 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlandi.
Aybdorlarga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Jizzaxda sartaroshxonalardan birida noqonuniy kripto firma tashkil qilib, davlatga 490 mln zarar keltirgani haqida xabar bergan edik.