Qozog‘iston olti oy davomida import tuxumidan voz kechadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Hujjat 1-maydan kuchga kiradi
Foto: Unsplash

QzR tovuq tuxumlarini avtomobil yo‘llari orqali olib kirishga taqiq joriy qilmoqchi. Bu QzR Qishloq xo‘jaligi vazirligining hujjat loyihasidan kelib chiqadi.

Taqiq olti oy davom etadi va uchinchi davlatlar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi eksportchilariga ta’sir qiladi.

Qaror o‘zining ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi: 2023-yil oxirida mahalliy ishlab chiqarish hisobiga ichki bozor ta’minoti 98 foizni tashkil etdi.

Hujjat 1-maydan kuchga kiradi.

Avvalroq, O‘zR rahbari Shavkat Mirziyoyev go‘sht, sut va tuxum yetishtirishni ko‘paytirish uchun kredit shaklida $315 mln ajratish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Shuningdek