Yangiliklar

Toshkent viloyatidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida 2,8 million dollarlik gaz o‘g‘irlandi

Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra
Foto: Energetika vazirligi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi gaz quyish shoxobchasida umumiy qiymati 37,5 milliard so‘m (2,8 million dollarga yaqin) gaz o‘g‘irlandi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Tekshiruv davomida gaz quyish shoxobchasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda 94,5 milliard soʻmlik gaz va elektr energiyasi oʻgʻirlangan. O‘tgan oyda 990 dan ortiq iste’molchi tomonidan 20,4 million kVt/soat elektr energiyasi, 47,3 million kub metr gaz ishlatilgan.

Avvalroq, Kursiv O‘zbekistonda gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklangani haqida yozgan edi.