Varshava va Toshkent oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyadi
Polshaning LOT Polish Airlines kompaniyasi 13-martdan boshlab Varshava-Toshkent-Varshava yoʻnalishi boʻyicha parvozlarini yoʻlga qoʻyadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Polsha aviakompaniyasining sotuv departamenti direktori Marta Visnevskaning soʻzlariga koʻra, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar Oʻzbekiston bilan oʻzaro sayyohlik aloqalarini rivojlantirishdan manfaatdor.
Aviakompaniya maʼlumotlariga koʻra, parvozlar Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida amalga oshiriladi. Avia chiptalar narxi 2,8 million soʻmdan (213 yevro) boshlanadi.
LOT Polsha Airlines aviakompaniyasi 1929-yilda tashkil topgan. Kompaniyaning bosh ofisi Varshavada joylashgan. Aviakompaniya parki Boeing, Embraer va Bombrdier samolyotlaridan iborat.
Maʼlumot uchun, 2023-yil bahorida Polshaning boshqa bir aviakompaniyasi Varshava-Toshkent oʻrtasida charter reyslarini yoʻlga qoʻygan edi. Taʼkidlab oʻtish joizki, oʻtgan yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatimizga 5 mingdan ortiq Polsha fuqarolari tashrif buyurgan.
Avvalroq Qanot Sharq avia kompaniyasi Madinaga charter reyslarni yoʻlga qoʻyganligi haqda xabar bergan edik.