World Population Review: Markaziy Osiyoda o‘zbekistonliklar giyohvand moddalarni eng kam iste’mol qiladi
eʼlon qilindi
Qozog‘iston mintaqada yetakchi ekanligi ma'lum bo‘ldi
World Population Review ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston giyohvand moddalarni iste’mol qilish bo‘yicha mamlakatlar reytingida 95-o‘rinni egalladi, bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mintaqa davlatlari orasida Qozog‘iston o‘z iste’moli bo‘yicha yetakchi bo‘ldi – 8-o‘rin, Qirg‘iziston 23-o‘rinni egalladi. Turkmaniston — 41, Tojikiston 76-o‘rinda.
Giyohvand moddalarni eng ko’p iste’mol qiladigan mamlakatlar – AQSh, Estoniya va Belarus.
Mikroneziya, Makao va Sharqiy Timorda past ko’rsatkichlar.
Avvalroq, Kursiv 2023 yilda O‘zbekistonda narkotik moddalar bo‘yicha 6,2 ming fuqaro sudlangani haqida yozgan edi.