World Population Review ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston giyohvand moddalarni iste’mol qilish bo‘yicha mamlakatlar reytingida 95-o‘rinni egalladi, bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mintaqa davlatlari orasida Qozog‘iston o‘z iste’moli bo‘yicha yetakchi bo‘ldi – 8-o‘rin, Qirg‘iziston 23-o‘rinni egalladi. Turkmaniston — 41, Tojikiston 76-o‘rinda.
Giyohvand moddalarni eng ko’p iste’mol qiladigan mamlakatlar – AQSh, Estoniya va Belarus.
Mikroneziya, Makao va Sharqiy Timorda past ko’rsatkichlar.
Avvalroq, Kursiv 2023 yilda O‘zbekistonda narkotik moddalar bo‘yicha 6,2 ming fuqaro sudlangani haqida yozgan edi.