Yangiliklar

20- fevral kuni respublikaning aksariyat hududlarida qor yog‘adi

Qor ko‘chishi xavfi bor
Foto: Kursiv / Zohid Qurbonov

Bugun, 20-fevral kuni havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi va kechasi qor yog‘ishi kutiladi, yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin. Harorat darajasi 0- 5 sovuq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zgidromet.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, ertalab va kechasi biroz qor yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Havo kunduzi 0-1 daraja iliq bo‘ladi, kechasi esa 1 sovuq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kunduzi 4-9 daraja sovuq, kechasi esa 8-13 sovuq bo‘ladi.