2023-yilda Andijon obodonlashtirish boshqarmasi dekorativ o‘simliklarning uchta qalamchasini (ko‘chat) 1,9 milliard so‘mga xarid qilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holatga deputat Jahongir Jiyanov o‘zining Telegram-kanalida e’tibor qaratdi.
Deputat bu pulga o‘rmon sotib olish mumkin bo‘lganini ta’kidladi. Jumladan, boshqarma tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlardan 1,2 milliard so‘mga ikkita, «Gullar va landshaft» korxonasidan 698,7 million so‘mga yana bitta ko‘chat sotib olindi.
Ayni paytda tashkilot o‘tgan yili atigi 99,8 million so‘mga ko‘chat ekilgani bo‘yicha hisobot bergan.
Avvalroq, Kursiv 2022 yilda Yashil Makon loyihasiga qo‘shimcha 2 million daraxt statistikaga noqonuniy kiritilgani haqida yozgan edi.