AQSh G‘azoda vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Mamlakat BMT Xavfsizlik Kengashiga shunday rezolyutsiya taqdim etdi
Foto: wollertz / www.depositphotos.com

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashiga (BMT XK) G‘azo sektorida vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taklif qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.

«Xavfsizlik Kengashi G‘azoda barcha garovga olinganlarni ozod qilish formulasi asosida imkon qadar tezroq vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishni qo‘llab-quvvatlaydi va keng miqyosda gumanitar yordam ko‘rsatish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlashga chaqiradi», — deyiladi rezolyutsiya loyihasida.

Hujjatda Isroilning Rafahdagi keng ko‘lamli yerdan qilinadigan hujumga qarshi pozitsiyasi ham aks ettirilgan. Jurnalistlar matn bilan tanishishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qo‘shma Shtatlar ushbu hujjatni G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishni talab qiluvchi Jazoir rezolyutsiyasi loyihasiga javoban ishlab chiqdi.

Nashrning qayd etishicha, shu paytgacha Vashington Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi mojaroga oid har qanday BMT bayonotida «sulh» iborasini qo‘llashga qarshi bo‘lib kelgan.

Rezolyutsiyani qabul qilish uchun kamida to‘qqizta «rozi» ovoz berishi va AQSh, Rossiya, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniyaning veto qo‘ymasligi shart.

Avvalroq, «Kursiv» Fransiya Livan va Isroil o‘rtasidagi mojaroni hal qilish rejasini taklif qilganini yozgan edi.

Shuningdek