Dollar arzonlashishni davom ettirmoqda

eʼlon qilindi
Bugun uning qiymati 12 475,51 so‘mni tashkil qildi
Foto:  benscripps / Pixabay

20-fevral kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha kursi 4,63 so‘mga pasaydi va 12 475,51 so‘mni tashkil qildi.

Bugun fuqarolar mamlakatning banklarida AQSh valyutasini 12 480 – 12 545 so‘mdan xarid qilishlari va 12 415 – 12 440 so‘mdan sotishlari mumkin.

Avvalroq, Kursiv 19-fevral kuni dollarning qiymati 9,78 so‘mga arzonlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek