Jahon banki xususiylashtirish haqidagi qonunni e’tirof etdi
Xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi Oʻzbekistonda investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratadi, dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi O‘zbekiston bo’yicha katta iqtisodchisi Pinar Yasar.
«Mazkur qonun investorlar ishonchini oshirib, xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratadi»- dedi u.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning fevral oyi o‘rtalarida xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Unda davlat mulkini investorlarga sotish tamoyillari, xususiylashtirish tartibi va boshqa normalar bayon etilgan.
Xususan, davlat mulki auksion yoki savdo orqali olinishi mumkin. Mamlakatimizda xususiylashtirish bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mas’ul etib tayinlandi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Xitoy kompaniyalarini xususiylashtirishga jalb qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.