Aprel oyi boshidan Nukus va Istanbul oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbus O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish to‘g‘risidagi farmonida belgilab berilgan.
Parvozlar Istanbul – Nukus – Toshkent va Samarqand – Nukus – Istanbul yo‘nalishlarida amalga oshiriladi. Parvozlarga mahalliy va xorijiy aviatashuvchilarni jalb etish rejalashtirilgan.
Aviaqatnovlar avtonom respublikaga sayyohlar oqimini oshirishi kutilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston boʻylab parvozlar uchun Chexiyaning Aircraft Industries kompaniyasining Let L-410 Turbolet samolyoti ajratiladi. Samolyot modifikatsiyasiga qarab 17 dan 19 tagacha yo’lovchini tashishga qodir.
Avvalroq, Kursiv Rossiyaning Red Wings aviakompaniyasi Namangan va Qozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lashini yozgan edi.