O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni tegishli mavzuga bag‘ishlangan yig‘ilishda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq berdi.
Unga koʻra, ehtiyojmand toifani belgilash boʻyicha dastur ishlab chiqiladi va yordamga muhtojlar belgilab olinadi.
Shuningdek, muhtoj fuqarolarga xizmatlar dasturi, qolaversa, mahalladagi «yettilik» boʻyicha yagona soʻrovnoma ham ishga tushadi.
Avvalroq «Kursiv» mahallalarda «yettilik» tizimi ishlab chiqilganligi haqida maʼlum qilgan edi.