Oʻzbekistonda qonunlarning samaradorligi sinovdan oʻtkaziladi

Oʻzbekistonda qonunlar qabul qilingandan keyin besh yil oʻtgach, ularning samaradorligini baholash amaliyoti joriy etiladi. Tashabbus 2024-yilning mart oyidan boshlab, prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga koʻra amalga oshiriladi.
Shuningdek, joriy yilning bahoridan boshlab normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha maʼlumotlar Regulation.gov.uz portalida onlayn muhokama uchun joylashtiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda korrupsiya omillari mavjudligi tekshiriladi. Bunga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi va boshqa idoralar masʼul qilib belgilangan. qolaversa, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, mahallalar vakillari qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan takliflar kiritishlari ham mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Vyetnam huquqiy sohada hamkorlik qilishi haqda maʼlum qilgan edi.