Oʻzbekistondagi qaysi banklardan dollar va yevroni qulay narxlarda sotish va sotib olish mumkin
20-fevral holatiga koʻra, dollarning rasmiy kursi — 12 480 soʻmni, yevro esa — 13 447 soʻmni tashkil qildi. «Kursiv» Oʻzbekistondagi qaysi banklar kassalaridan xorijiy valyutani sotib olish va sotishda qulay tariflar mavjudligini oʻrganib chiqdi.
Dollar
20-fevral holatiga koʻra, AQSh dollarini xarid qilish qulay kurs Garant bankda — 12 445 soʻm, Infinbank — 12 440 soʻm, Oʻzbekiston milliy bankida — 12 430 soʻmni tashkil qiladi.
Shuningdek, dollar sotishning eng yaxshi kursi, Infin bank kassalarida — 12 480 soʻm, Asia Alliance Bankida – 12 485 soʻm, Hayot bankida – 12 490 soʻm qilib belgilangan.
Yevro
Yevroni sotib olish eng qulay kurs Oʻzbekiston milliy banki, Uzum bankda (13250 soʻm), Octobankda – 13100 soʻmdan sotib olish mumkin.
Ipoteka bank, Tenge Bank, Infin bankda yevro 13 450 soʻmdan sotilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» joriy yil fevral oyining birinchi oʻn kunligida dollar kursining qanday oʻsgani haqida ma’lum qilgan edi.