O’zbekistonda mart oyida qanday ob-havo kutilmoqda
eʼlon qilindi
Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda

Joriy yilning mart oyida Oʻzbekistonda oʻrtacha havo harorati +4…+9°, janubiy viloyatlarda — +10…+11° boʻladi, deb xabar qildi Oʻzgidromet.
«Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyi nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi sinoptiklar bayonotida.
Havo harorati kechasi 0…-5° dan +5…+11° gacha, kunduzi +5…+10° dan +17…+22° gacha o‘zgarishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida sinoptiklar havo harorati +20…+25° gacha isishini taxmin qilmoqda.
Avvalroq, Kursiv 20-fevral, seshanba kuni O‘zbekistonda +2…-3° bo‘lishi kutilayotgani haqida yozgan edi.