O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratish maqsadida bino va inshootlarni qurish loyihasi majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 20-fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Joriy yilda xorijlik mutaxassislar ishtirokida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish uchun kamida 500 nafar dizayner va arxitektor tayyorlash maqsad qilingan.
Poytaxtdagi bekatlarni va jamoat transporti, jumladan, metropolitenni nogironlar uchun moslashtirish bo‘yicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi.
Barcha davlat organlarining veb-saytlari imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shaklda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qanday qo‘llab-quvvatlashi haqida yozgan edi.