Seshanba kuni ertalab Toshkent yoʻllarida tirbandlik yuzaga keldi. «Yandex» yoʻl harakati xizmati maʼlumotlariga koʻra, tirbandlik toʻqqiz ballga yetganini koʻrish mumkin.
«Yandeks»ning yogʻingarchilik xaritasining maʼlum qilishicha, Toshkentda qor soat 16:00 gacha toʻxtamasdan yogʻishda davom etadi. Shuningdek, ertaga ertalab ham yengil qor yogʻishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, poytaxtda qor oʻtgan haftaning juma kunidan yogʻa boshlagan edi. Avvalroq «Kursiv» Toshkent shahri hokimligi fuqarolardan shaxsiy avtomobillardan foydalanishni minimallashtirish va zarurat boʻlmasa, uylaridan chiqmaslikni so‘ragani haqida ma’lum qilgan edi.