Andijonda Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlikda transport-logistika markazi quriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Loyihaga 2024-2026-yillarda 20 million yevro investitsiya yoʻnaltiriladi
Foto: Yuz.uz

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ Germaniyaning «Rhenus SE&Co. KG» logistika kompaniyasi bilan hamkorlikda Andijonda «UzContargo Andijan» qoʻshma multimodal transport-logistika markazini quradi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlkonteyner» kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markazda turli xildagi yuklarni multimodal tashish va qayta ishlash infratuzilmasi yaratiladi. Bu logistika xarajatlarini kamaytiradi va yetkazib berish muddatini tezlashtiradi.

Transport-logistika markazi tarkibida konteynerlarni yuklash va tushirish zonasi, ochiq va yopiq bojxona omborlari, shuningdek, ogʻir yuklarni qayta ishlash obyektlari boʻladi, xususan, yiliga 250-300 ming tonnagacha yukni qayta ishlash imkonini yaratadi.

Loyihaga 2024-2026-yillarda 20 million yevro investitsiya yoʻnaltiriladi. Inshootning rasmiy ochilish sanasi joriy yilning mart oyi oxiriga rejalashtirilmoqda.

Avvalroq Xitoyning «Shandong Port Logistics Group» kompaniyasi Oʻzbekistonga konteyner tashishni yoʻlga qoʻygani haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek